Ezgu ishlarning mantiqiy davomi

  • Davlatimiz rahbarining kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan yo‘llagan tabrigini shaxsan men Yangi O‘zbekistonning yangi kasaba uyushmalari e’tirofi va ta’rifi deb qabul qildim. Ushbu iqrorimni quyidagicha izohlasam: tabrik izchil, haqqoniy va nafaqat qilingan ishlarning e’tirofi, balki oldinda turgan vazifalarni belgilab bergani bilan ham ahamiyatlidir.

Darhaqiqat, kasaba uyushmalari bugun jamiyatning barcha jabhalarida faol ishtirok etmoqda. Bunda tashkilot raisining hissasi katta, albatta. Tizimda u kishi boshchiligida olib borilayotgan qurilish- bunyodkorlik, ijtimoiy-siyosiy yo‘nalishlarda qilingan ishlarni sanab sanog‘iga yetolmaymiz. Bugun guvohi bo‘lib turganimiz «Sevarsoy» sihatgohi ham ana shu ezgu va savobli ishlarning mantiqiy davomi bo‘ldi.

O‘zbekiston kasaba uyushmalariga, mehnatkashlarga yana bir muhtasham koshona muborak bo‘lsin! Ushbu sihatgoh ko‘p yillar xalqimizga xizmat qilsin!

 

 

Akmal SAIDOV,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari, akademik

Powered by GSpeech