Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining kengaytirilgan yig‘ilishida Ichki ishlar vazirligi tizimidagi jazoni ijro etish muassasalarida maxkumlarning huquqlari va konuniy manfaatlari ishonchli ximoyasini ta’minlashga qaratilgan qonun xujjatlarining ijrosini o‘rganish yakunlari muxokama qilindi.
Unda Vazirlar Mahkamasining Harbiylashtirilgan tuzilmalarning faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik ta’minlash bo‘limi, Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish departamenti, Bosh prokuratura va Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markazning mas’ul xodimlari hamda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) qatnashdi.
Ichki ishlar vazirligi taqdim qilgan ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatimizda mavjud bo‘lgan 54 ta jazoni ijro etish koloniyasidan 18 tasi yopiq turdagi, 25 tasi manzil-koloniya va 11 tasi tergov hibsxonalaridir. Tizimda 26 mingdan ortiq, shundan 8 mingdan ko‘prog‘i manzil-koloniyada, 18 mingdan ziyod mahkumlar boshqa turdagi koloniyalarda jazo muddatini o‘tamoqda.
Qayd etilganidek, Prezidentimiz boshchiligida amalga oshirilgan islohotlar natijasida ijtimoiy xavfi hamda uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlarni sodir qilib, jazo muddatini o‘tayotgan shaxslarga ilk marotaba saylash huquqi berildi. Umumiy, qattiq, maxsus, turma tartibli va tarbiya muassasalarida saqlanayotgan shaxslarning yaqin qarindoshlari bilan telefon so‘zlashuvlari, uchrashuvlar hamda jo‘natma qabul qilinishi qariyb ikki barobar ko‘paytirildi.
Manzil-koloniyalarda jazo muddatini o‘tayotganlarning pensiya olish huquqlari qonun bilan belgilandi. Jinoyat-ijroiya kodeksiga jazo muddatini o‘tayotgan shaxslarni rag‘batlantirish choralarini qo‘llash tartibini belgilovchi yangi norma kiritilib, mahkumlarning jazo muddatini o‘tash davomida shaxsiy xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan choralar kengaytirildi.
Bundan tashqari, mahkumlarning iltimosiga ko‘ra uzoq muddatli uchrashuv qisqa muddatli uchrashuvga yoki masofali videouchrashuvga yoxud telefon orqali so‘zlashuvga, qisqa muddatli uchrashuv esa masofali videouchrashuvga yoki telefon orqali so‘zlashuvga almashtirilishi yo‘lga qo‘yildi. Jazo muddatini o‘tayotgan shaxslarning olis masofadan keluvchi yaqin qarindoshlari ovoragarchiligiga barham berish maqsadida masofali uchrashuv xonalari tayyorlandi. Kam ta’minlangan oila vakili bo‘lgan jazo muddatini o‘tayotgan shaxslar yuqori haq to‘lanadigan ishlarga jalb etilmoqda.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga jazoni ijro etish koloniyalariga hech qanday moneliksiz kirish huquqi berildi. Jazo muddatini o‘tayotgan shaxslarning mavjud muammolarini o‘rganish va ijobiy hal qilish maqsadida Jazoni ijro etish departamenti rahbariyati tomonidan sayyor qabullar o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yildi.
Shu bilan birga, jazoni ijro etish muassasalarida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakiliga, prokurorga murojaatlar, ariza hamda shikoyatlar uchun mo‘ljallangan alohida pochta qutilari o‘rnatilgan. Qonunlarga rioya etilishi prokuratura idoralari va Ombudsman tomonidan muntazam ravishda monitoring qilib borilmoqda.
Yig‘ilishda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili tomonidan 2020 yil va 2021 yilning 1 -choragi davomida jazoni ijro etish muassasalarida o‘tkazilgan monitoring tadbirlari natijalari, mahkumlardan kelib tushgan murojaatlar, Bosh prokuratura tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlari hamda Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi a’zolarining joylardagi o‘rganishlari natijalari atroflicha muhokama qilindi.
Deputatlar tomonidan sohada yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar, ularning kelib chiqish sabablari va bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilgan choralar tanqidiy ko‘rib chiqildi. Muhokamalar yakunida jazoni ijro etish tizimida insonparvarlik tamoyilini keng qo‘llash, qiynoqlarning oldini olish tizimini tubdan takomillashtirish, inson huquq va erkinliklarini himoya qilish, qonun ustuvorligini ta’minlashda qo‘mita va mutasaddi tashkilotlar oldida turgan vazifalar belgilab olindi.
Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.
«Xalq so‘zi».

- Qo'shildi: 17.11.2022
- Ko'rishlar: 4957
- Chop etish