BMT Bola huquqlari qo‘mitasi O‘zbekiston uchun tavsiyalari bo‘yicha keyingi qadamlar belgilab olindi

Parlament yuqori palatasi tomonidan Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya (BHT) qabul qilingan kun hamda O‘zbekiston ushbu konvensiyaga qo‘shilgani 30 yilligi munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi.

Parlament yuqori palatasi raisi Tanzila Norboyeva raisligida o‘tgan tadbirda BMT Bola huquqlari qo‘mitasining O‘zbekiston uchun tavsiyalarini amalga oshirish bo‘yicha keyingi qadamlar muhokama qilindi. Davra suhbatida qatnashgan YUNISEF Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Afshan Xan tavsiyalarni amalga oshirishda ikki muhim jihat - parlament nazorati va dalillarga asoslangan qarorlar qabul qilish muhimligini ta’kidladi.

BMT Bola huquqlari qo‘mitasi BHK barcha tamoyillari va qoidalarini qonunchilikka kiritish va ularni tegishli organlar tomonidan amalda tatbiq etishni tavsiya qildi. Davra suhbati ishtirokchilari kamchiliklarni bartaraf etish va mamlakatda BHK ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirish uchun bola huquqlari sohasidagi qonunchilik tashabbuslari va ustuvor yo‘nalishlarni muhokama qildi.

BMT Bola huquqlari qo‘mitasi yakuniy tavsiyalarini amalga oshirish bo‘yicha joriy rejalar ko‘rib chiqildi. Bunda kamsitmaslik, bola eng yaxshi manfaatlari, yashash, omon qolish va rivojlanish huquqi, bola qarashlarini hurmat qilish singari umumiy tamoyillarga e’tibor qaratildi.

Senatorlar hamda vazirlik va milliy idoralar vakillari tomonidan mazkur tavsiyalarni amalga oshirish, harakat dasturini monitoring qilish va hisobot tayyorlash bo‘yicha fikr va aniq rejalar bildirilib, bunda fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalarini ham mamlakatda bola huquqlari amalga oshirilishi monitoringiga jalb qilish zarurligi ta’kidlandi.

Kun.uz

Powered by GSpeech