Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirishga qaratilgan huquqiy test savollarini o‘z ichiga olgan "Inson huquqlari bilimdoni" viktorinasi o‘tkaziladi.
Viktorina 2023 yil 27 fevral kuni soat 09:00 da boshlanib, 13:00 ga qadar davom etadi!
Ishtirokchilar huquq sohasiga oid jami 15 ta test savoliga (har bir savolga 15 soniya) to‘g‘ri javob topishlari kerak.
Belgilangan muddatda test savollarining barchasiga to‘g‘ri javob bergan ishtirokchilar orasidan 3 nafar g‘olib Youtube kanalida "Randomus randomayzer" onlayn dasturi asosida aniqlanadi.
G‘oliblar qimmatbaho sovg‘a va huquqiy adabiyotlar bilan taqdirlanadi.
Barcha savollarga to‘g‘ri javob berib, g‘olib bo‘lish imkoniyatini qo‘lga kiriting!
- Qo'shildi: 24.02.2023
- Ko'rishlar: 4165
- Chop etish