O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 10 dekabrdagi “Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi faoliyatini takomillashtirish to'g'risida”gi PQ-4056-son qaroriga o'zgartirishlar va qo'shimchalar kiritish to'g'risida”gi qarori loyihasi 4 mart kuni jamoatchilik muhokamasiga (https://regulation.gov.uz/uz/d/30297) qo'yildi.
Mamlakatimiz tarixda birinchi marta Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo'yicha kengashiga a'zo etib saylandi. Shu ma'noda, O'zbekistonning 2021–2023 yillarda BMTning Inson huquqlari bo'yicha kengashiga a'zoligini samarali amalga oshirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazining kadrlar salohiyatini kuchaytirish lozimligi belgilandi.
Xususan, Tashqi ishlar vazirligi va Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazining xodimlar sonini oshirishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish nazarda tutilgan.
Bunda BMTning Inson huquqlari bo'yicha kengashiga a'zolik tufayli Markaz va Tashqi ishlar vazirligi ish hajmining oshishi hamda ushbu a'zolikni yuqori saviyada o'tkazish, shuningdek O'zbekistonning inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi tashabbuslarini yanada ilgari surish inobatga olingan. Shu munosabat bilan Markazning tashkiliy tuzilmasiga bir qator o'zgartirishlar kiritilmoqda.
Qaror loyihasida Markazning huquqlariga inson huquqlari sohasida ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish, magistratura va oliy ta'limdan keyingi ta'lim institutini ochish, O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi ko'rib chiqishi uchun qonunga muvofiq masalalar kiritishni qo'shish nazarda tutilgan.
Inson huquqlari bo'yicha
O'zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
- Qo'shildi: 09.03.2021
- Ko'rishlar: 4252
- Chop etish