25 iyun kuni O'zbekiston milliy matbuot markazida O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti va O'zbekiston jurnalistlar ijodiy uyushmasi bilan hamkorlikda «Zamonaviy mass-medianing dolzarb muammolari» mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferentsiyasi o'tkazildi. Tadbirni O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori, professor Sherzodxon Qudratxo'ja ochib berdi.
Konferentsiyaning birinchi qismi yakunida O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda O'zbekiston jurnalistlar ijodiy uyushmasi o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Tadbirning ikkinchi, ya'ni ilmiy qismi O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida tashkil etilgan yoshlar press klubida davom etdi. Bahs-munozara va fikr almashish maydoniga aylangan konferentsiyada soha mutaxassislari, professor-o'qituvchilar, talabalar hamda amaliyotchi jurnalistlar bilan birgalikda OAV vakillari ham ishtirok etdi.
Konferentsiya doirasida «Co'z, fikr va axborot erkinligi: xalqaro-huquqiy asoslar” kitobining taqdimoti bo'lib o'tdi.
Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi bo'lim boshliqlari Farhod Hayitboev va Odil Sulaymonov Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida tayyorlangan mazkur kitobning mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida to'xtaldi.
Markaz tomonidan “Inson huquqlari kutubxonasi” turkumi doirasida nashr etilgan va Vindxuk deklaratsiyasining 30 yilligiga mo''jaz tuhfa bo'lmish ushbu to'plamda bir qator xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasida qabul qilingan 48 ta xalqaro-huquqiy hujjatning so'z, fikr va axborot erkinligiga doir qoidalari jamlangani alohida ta'kidlandi.
Taqdimot yakunida Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetiga 250 kitob beg'araz asosda taqdim etildi.
Inson huquqlari bo'yicha
O'zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
- Qo'shildi: 25.06.2021
- Ko'rishlar: 3903
- Chop etish