Markaz tomonidan yana bir maktab kutubxonasiga kitoblar taqdim etildi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Axborot texnologiyalari maktabi kutubxonasiga Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan nashr ettirilgan yangi adabiyotlar beg'araz topshirildi.

Taqdim etilgan adabiyotlar orasida inson huquqlariga oid huquqiy adabiyotlar, yangi nashrdan chiqqan badiiy, falsafiy-tarixiy asarlar hamda “Demokratlashtirish va inson huquqlari” ilmiy-ma'rifiy jurnali to'plami ham bor.

Shu munosabat bilan 8 aprel kuni Axborot texnologiyalari maktabida Milliy markaz xodimlari H.Mo'minov va L.Xoliqulov ishtirokida ijodiy muloqotda bo'lib o'tdi.

Tadbir ishtirokchilari ta'kidlaganidek, “Kitobxonlik haftaligi” doirasida tuhfa etilgan ushbu kitoblar maktab o'quvchilarining o'qish va izlanishlarida zarur hamda foydali qo'llanmalar bo'lib xizmat qiladi.

Inson huquqlari bo'yicha
O'zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati

Powered by GSpeech