Milliy markaz tomonidan qamashilik bolajonlarga kitoblar sovg'a qilindi

25 avgust kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan chop etilgan kitoblar Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanidagi 4–sonli Mehribonlik uyiga beg'araz taqdim etildi. Bu Mustaqilligimizning 30 yilligi bayrami munosabati bilan bolajonlarga ajoyib sovg'a bo'ldi.

Mehribonlik uyi direktorining ijtimoiy muhofaza ishlari bo'yicha o'rinbosari Abrorjon Asqarov mehmonlarga yaqinda tubdan qayta ta'mirlangan ushbu muassasa faoliyati haqida so'zlab berdi. Ta'mir ishlari, bir tomondan, Mehribonlik uyiga yanada fayz kiritgan bo'lsa, ikkinchi tomondan, uning tarbiyalanuvchilariga quvonch bag'ishladi.

Mehribonlik uyi direktorining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha o'rinbosari Feruza Abdurahmonova Markaz nomidan taqdim etilgan kitoblarni qabul qilib olar ekan, muassasa rahbariyati va jamoasi nomidan Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markaziga minnatdorchilik bildirdi.

Inson huquqlari bo'yicha
O'zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati

Powered by GSpeech