Milliy markazda BMTning Terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi bilan uchrashuv bo‘ldi

29 noyabr kuni Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari bo‘yicha kengashining Terrorizmga qarshi kurashda inson huquqlarini rag‘batlantirish va himoya qilish masalalari bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Fionnuala Ni Aolayn bilan uchrashdi.

Uchrashuv BMT Maxsus ma’ruzachisining mamlakatimizga tashrifi doirasida tashkil etildi.

Tomonlar inson huquqlarini rag‘batlantirish va himoya qilish sohasidagi hamkorlik istiqbollarini atroflicha muhokama qildilar.

Terrorizmning oldini olish, terrorizmga qarshi kurashish sharoitida inson huquqlariga amal qilish, terrorizm jabrdiydalari va terrorizmda ayblangan mahkumlar huquqlarini ta’minlash kabi masalalar yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.

Kechagi yakshanbada yurtimizga tashrif buyurgan BMT Maxsus ma’ruzachisi bir hafta davomida turli tashkilotlar va viloyatlarda uchrashuvlar o‘tkazadi.   

 

Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati

Powered by GSpeech