Joriy yilning 23 aprel sanasida Qoraqalpoq davlat universitetida O'zbekiston Respublikasi Milliy Markazi xodimlari ishtirokida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 22 iyundagi «Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasini tasdiqlash to'g'risida»gi PF-6012-son Farmoni va unga ilova «Yo'l xaritasi»da belgilangan vazifalar doirasida tadbir o'tkazildi.
Inson huquqlari yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Milliy Markazi tomonidan Qoraqalpoq davlat universiteti Axborot resurs markaziga Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida nashr qilingan bir necha atamadagi adabiyotlarni xolisona sovg'a qildi.
Ezgu tashabbuslar negizida Qoraqalpoq davlat universiteti professor o'qituvchilar va talaba yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirishga qaratilgan kitoblar soni yanada ortdi.
Bunday xayrli ishlarni amalga oshirayotgan Inson huquqlari yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Milliy Markaziga universitet rektorati va Axborot resurs markazi xodimlari cheksiz minnatdorchilik bildirdilar.
Shuningdek, «Yo'l xaritasi»ning 68-bandida belgilangan vazifalarini to'liq va samarali amalga oshirish maqsadida Milliy Markaz tomonidan ishchi guruh tuzilgan bo'lib, ular Qoraqalpoq davlat universitetida «Insan huquqlari», «Ayollar huquqlari» ham «Bolalar huquqlari» yo'nalishida ta'lim sifatini monitoring qilish ishlarini ham olib bordi.
- Qo'shildi: 26.04.2021
- Ko'rishlar: 4357
- Chop etish