Milliy markazning Oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutiga qabul imtihonlari bo‘lib o‘tdi

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining Oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutiga 12.00.01 - Davlat va huquq nazariyasi va tarixi. Huquqiy ta’limotlar tarixi; 12.00.10 – Xalqaro huquq; 12.00.13 – Inson huquqlari (yuridik fanlar) ixtisosligi bo‘yicha qabul imtihonlari va suhbatlari o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi binosida (Islom Karimov ko‘chasi, 15):

tayanch doktoranturaga chet tili bo‘yicha imtihon – 10 noyabrda;

tayanch doktorantura (doktoranturaga) mutaxassislik bo‘yicha imtihon (suhbat) – 12 noyabrda bo‘lib o‘tdi.

YouTube tarmog‘ida imtihonlar (suhbat) jarayonlarini onlayn efirda kuzatib borish imkoniyati ta’minlandi.

 

Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati

Powered by GSpeech