Xalqaro forumda Buxoro deklaratsiyasi qabul qilindi

Har qanday mamlakatning iqtisodiy farovonligi uning boshqa davlatlar bilan hamkorligi darajasiga bog'liq.

“Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda global parlamentlararo hamkorlik” Xalqaro forumi doirasida Buxoro deklaratsiyasi qabul qilindi, u barqaror rivojlanish bo'yicha global kun tartibini yanada inklyuziv, ochiq va shaffofroq amalga oshirishni ta'minlashning qisqa muddatli, o'rta muddatli va uzoq muddatli yo'llarini nazarda tutadi.

Hujjatda yoshi, jinsi, nogironligi, irqi, millati, kelib chiqishi, dini va iqtisodiy va boshqa holatidan qat'i nazar, barcha shaxslarning siyosiy jarayonlarda ishtirokini ta'minlash nazarda tutiladi.

Shuningdek, deklaratsiyaga muvofiq parlamentlar global pandemiyaning iqtisodiy natijalarini hisobga olgan holda asosiy ustuvor yo'nalishlar va indikatorlarga ega Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishga doir dasturlarni (rejalarni, “yo'l xaritalari”ni) ishlab chiqish, ko'rib chiqish va tasdiqlashga jalb etiladi.

Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishda parlamentlar gender tenglikka e'tibor qaratgan holda inson huquqlarini himoya qilishni targ'ib qilish choralarini ko'rishi, rivojlanayotgan mamlakatlarni tashqi samarali va har tomonlama qo'llab-quvvatlash uchun parlamentlararo hamkorlik yo'llaridan faol foydalanishi, 2030 yilgi kun tartibiga erishishda barqaror rivojlanish muammolarini yengib o'tish, samarali strategik va muvofiqlashtirilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun eng yaxshi amaliyot va tavsiyalar almashishi kerakligi belgilab berildi.

Shuningdek, barqaror rivojlanish sohasidagi qonunchilik siyosatini muhokama qilish va targ'ib qilishda muhim rol` o'ynaydigan parlament fraktsiyalari va siyosiy partiyalar guruhlarining salohiyatini oshirish, shuningdek, umumiy g'oyalarni targ'ib qilish uchun parlament a'zolarining mintaqaviy va global tarmoqlari bilan muloqotni kengaytirish ko'zda tutilgan.

Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish jarayoniga fuqarolik jamiyati, xususan siyosiy partiyalar, nodavlat tashkilotlar, xayriya tashkilotlari, xususiy sektor, ilmiy muassasalar va boshqa barcha darajadagi manfaatdor tomonlar ham faol jalb etiladi.

Buxoro deklaratsiyasi Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish bo'yicha boshqa yo'nalishlarini ham qamrab oladi.

Manba: senat.uz

Powered by GSpeech