Osman MESTEN: O'zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning barchasi Barqaror rivojlanish maqsadlariga hamohang

Osman MESTEN, Turkiya parlamenti a'zosi, Turkiya – O'zbekiston do'stlik guruhi rahbari:

— O'zbekiston parlamenti tashabbusi bilan tashkil etilgan bu nufuzli forumda qatnashayotganimdan mamnunman. Tadbir dunyo parlamentlarini o'z
atrofiga birlashtirdi. U — benihoya foydali.

Forumda inson hayoti bilan chambarchas bog'liq bo'lgan barcha masalalar muhokama qilinyapti. Respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning barchasi Barqaror rivojlanish maqsadlariga hamohang va O'zbekistonning milliy xususiyatlarini hisobga olgan. Xususan, gender tenglik, yoshlar masalasi, iqtisodiy rivojlanish kabi dolzarb yo'nalishlar alohida e'tiborda turibdi. Ular yuzasidan o'zaro fikr almashinmoqda. Parlamentlararo hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, global muammolar yechimini hamjihatlikda hal etish, o'zaro tajriba almashish nuqtai nazaridan bu tadbir tarixiy ahamiyatga egadir.

Turkiya parlamenti a'zolari ham forum ishida faol qatnashmoqda. Ular o'z takliflari, nuqtai-nazarlarini bayon etish orqali BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari ro'yobiga tilakdosh ekanligini ko'rsatishmoqda. Chunki insoniyat oldida turgan global muammolarni hamkorlik aloqalarisiz yechib bo'lmaydi. Shu boisdan biz bundan keyin ham parlamentlararo aloqalarni mustahkamlash orqali dunyo hamjamiyatini tashvishlantirayotgan yirik masalalar yechimiga birgalikda yo'l topish niyatidamiz. Buxoroda bo'lib o'tayotgan bu forum shu niyatlarning ro'yobga chiqishiga o'zgacha bir sur'at bag'ishlaydi. Bunga ishonchim komil.

Manba: senat.uz

Powered by GSpeech