Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida O'zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov tavalludining 80 yilligiga bag'ishlangan xotira tadbiri bo'lib o'tdi. Unda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o'rinbosari, Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining o'rinbosari G'ayrat Majid, G.V.Plexanov nomidagi Rossiya Iqtisodiyot universiteti rektori akademik Qalandar Abdurahmonov, institut professori, faylasuf olim Qiyomiddin Nazarov ishtirok etdi va so'zga chiqdi.
Akademik A.Saidov ta'kidlaganidek, Navro'z bayrami bilan Abdulla Oripov tavalludida o'ziga xos ramziylik bor. Negaki, Abdulla Oripov milliy adabiyotimizga Navro'z va bahor ruhiyatini olib kirdi. Davlatimiz rahbarining Abdulla Oripov tavalludining 80 yilligini nishonlashga oid tashabbusi shoirning buyuk shaxsiyatiga, samarali faoliyati va ulug'vor ijodiga bo'lgan yuksak e'tibor ifodasidir.
Tadbir doirasida A.Saidov, Q.Abdurahmonov va G'.Mirzo hammuallifligida Abdulla Oripov xotirasiga bag'ishlab yozilgan va yangi nashrdan chiqqgan "O'zbekiston - dilbar Vatanim" kitobining taqdimoti ham o'tkazildi.
Inson huquqlari bo'yicha
O'zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
- Qo'shildi: 19.03.2021
- Ko'rishlar: 4165
- Chop etish