Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan chop etilayotgan «Yangi O‘zbekiston va inson huquqlari» turkumiga mansub navbatdagi risola shunday nomlangan.
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 117-moddaci hamda Saylov kodeksiga muvofiq, joriy yilning 24 oktyabr kuni mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘lib o‘tadi. Shu ma’noda, yuridik fanlar doktori Mirzatillo Tillaboev muallifligida nashr etilgan yangi kitobda fuqarolarning saylov huquqini ta’minlash va himoya qilish masalalari hamda saylovlarni o‘tkazish tartibi yoritilgani uning dolzarbligini yanada oshiradi.
Risola o‘qituvchilar, aspirantlar, talabalar, tadqiqotchilar, shuningdek, demokratik saylovlarni o‘tkazish amaliyotiga qiziquvchilar uchun mo‘ljallangan. Kitob matni o‘zbek, ingliz va rus tillarida tayyorlangan.
Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
- Qo'shildi: 20.10.2021
- Ko'rishlar: 3492
- Chop etish