Shu kunlarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri birinchi o‘rinbosari A. Saidov boshchiligidagi delegatsiya Anqara shahrida bo‘lib turibdi.
Tashrif doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi Turkiya Buyuk Millat Majlisi “O‘zbekiston-Turkiya” do‘stlik guruhi rahbari Usman Mesten bilan uchrashdi.
Muloqot chog‘ida turkiyalik deputat O‘zbekiston va Turkiya umumiy sivilizatsiya, tarix va madaniyatga ega qardosh davlatlar ekaniga alohida urg‘u berdi hamda mamlakatimiz o‘zining tarixiy merosi, boy tabiiy resurslari va strategik joylashuvi, 35 millionli aholisi bilan Markaziy Osiyoda katta salohiyatga ega davlat ekanini ta’kidladi.
U.Mesten ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni “Yetakchilarimiz qat’iy siyosiy irodasi bilan asos solingan va yaqin qardoshlik ruhiga asoslangan haqiqiy strategik sheriklik”, deya ta’kidladi.
Muloqot chog‘ida O‘zbekistonning 2019 yilda Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashiga a’zo bo‘lib kirishi o‘zaro hamkorlikni jadal sur’atlar bilan rivojlanishiga katta turtki bag‘ishlaganini, joriy yil 12 noyabrda Istanbul shahrida bo‘lib o‘tgan sammitda O‘zbekiston Prezidentining ishtiroki Turkiya uchun katta sharaf bo‘lganini e’tirof etdi.
Uchrashuvda iqtisodiy hamkorlikni kuchaytirish, ayniqsa, ikki davlat rahbarlari reja qilgan, yaqin kelgusida savdo hajmlarini 5 milliard AQSh dollariga yetkazishi uchun parlament a’zolari
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi rasmiy sayti.
- Qo'shildi: 22.11.2021
- Ko'rishlar: 3309
- Chop etish