Har yili butun dunyoda 15 sentyabr Xalqaro demokratiya kuni sifatida nishonlanadi. U Parlamentlararo Ittifoq taklifiga binoan 2007 yilda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan
qabul qilingan rezolyutsiya asosida tashkil etilgan.
Xalqaro demokratiya kuni 1997 yil 15 sentyabr kuni Parlamentlararo ittifoq tomonidan qabul qilingan “Umumjahon demokratiya deklaratsiyasi”ga muvofiq nishonlanadi. Demokratiya kunida demokratiyaning targ'iboti uchun tadbirlar, jumladan, konferentsiyalar, munozaralar va seminarlar, matbuot anjumanlari o'tkaziladi.
Joriy yilning 15 sentyabr kuni “Demokratiya haqiqatdan ham inqirozga yuz tutdimi?” mavzusida Parlamentlararo ittifoqning onlayn konferentsiya bo'lib o'tdi.
Konferentsiyada O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o'rinbosari, Parlamentlararo Ittifoq vitse-prezidenti Akmal Saidov ishtirok etdi va ma'ruza qildi.
Manba: parlament.gov.uz
- Qo'shildi: 20.09.2021
- Ko'rishlar: 3869
- Chop etish