Yurtimizda mehmon bo'lib turgan Parlamentlararo Ittifoq Bosh kotibi Martin Chungong boshchiligidagi delegatsiya a'zolari Samarqand shahriga keldi. Mehmonlarni Samarqand temir yo'l vokzalida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikerining birinchi o'rinbosari A.Saidov, viloyat hokimining o'rinbosari D.Mamadqulov kutib oldi.
Mehmonlar Samarqand bilan tanishuvni Registon maydonidan boshladi. Bu yerdagi madrasalarning bunyod etilish tarixi, ularni asrab-avaylash va kelgusi avlodlarga bezavol yetkazish borasida olib borilayotgan ishlar haqida ma'lumot berildi.
Parlamentlararo Ittifoq Bosh kotibi M.Chungong va delegatsiya a'zolari ertaga Payariq tumanidagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida o'tkaziladigan “Millatlararo totuvlik va dinlararo bag'rikenglikni ta'minlashda parlamentning roli” mavzusidagi parlament forumida ishtirok etadi.
Manba: zarnews.uz
- Qo'shildi: 25.06.2021
- Ko'rishlar: 3748
- Chop etish