Qiynoqqa solishga qarshi kurashish: xalqaro amaliyot va milliy tajriba

2021 yil 7-8 oktyabr kunlari Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tashabbusi bilan ayni shu mavzuda seminar-trening o‘tkaziladi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.

 Seminar-treningda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Ichki ishlar Akademiyasi, Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti, Bosh prokuratura Akademiyasi mas’ul xodimlari, professor-o‘qituvchilari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar ichki ishlar boshqarmalari tezkor-qidiruv, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov faoliyatini amalga oshiruvchi organlar va jazoni ijro etish muassasalari xodimlari ishtirok etadi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qiynoqqa solish holatlarini aniqlash va ularning oldini olish tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori 5-bandida belgilangan vazifa ijrosiga bag‘ishlanadi.

Bunda asosiy e’tibor Inson huquqlari milliy markazi, Ichki ishlar vazirligi va Bosh prokuratura hamkorligida 2021 yil 1 oktabrdan boshlab tezkor-qidiruv, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov faoliyatini amalga oshiruvchi organlar va jazoni ijro etish muassasalari xodimlari uchun qiynoqqa solishga qarshi kurashish bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan trenerlarni tayyorlashga qaratilishi rejalashtirilmoqda.

 

Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati

 

Powered by GSpeech