Reynxold LOPATKA: O'zbekistonda iqtisodiy-ijtimoiy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar alohida e'tirofga loyiq

Reynxold LOPATKA, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Parlament assambleyasining maxsus vakili:

— Men, avvalo, nafaqat O'zbekistonda, balki dunyo bo'yicha ilk bor o'tkazilayotgan bu forum tashkilotchilariga minnatdorlik bildirmoqchiman. Negaki, forumda butun insoniyatni tashvishlantirayotgan, o'ylantirayotgan global masalalar muhokama qilinadi, ular yechimi yuzasidan aniq takliflar o'rtaga tashlanadi. Shu nuqtai nazardan, O'zbekistonda iqtisodiy-ijtimoiy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar alohida e'tirofga loyiq. Bugun mamlakatingiz ulkan yangilanishlar jarayonini boshdan kechirayapti. Odamlarning o'z hayotlaridan rozi bo'lib yashashlari yo'lida katta ishlar bajarilmoqda.

Forumda juda muhim masalalar ko'rib chiqiladi?yangi maqsadlar belgilanadi. Chunki dunyo davlatlari o'rtasida umumiy maqsadlar benihoya ko'p. Masalan, iqtisodiyot sohasida yoki jamiyat kushandasi sanalgan korruptsiyaning payini qirqish masalasida.

Men ushbu forumda terrorizm va zo'ravonlikdek insoniyat halovatini o'g'irlayotgan illatlar haqida so'z yuritish niyatidaman.

Forum boshlanmay turib o'zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash haqida fikrlashib oldik. Masalan, O'zbekiston delegatsiyasini turli sohalarni o'rganish va o'zaro tajriba almashish maqsadida Avstriyaga taklif etish ko'zda tutilyapti.

Shu o'rinda Buxoro shahri haqida ham to'xtalmasdan o'tolmayman. U o'zida o'tmish va bugunni mujassam etgan ajoyib shahar. Forumning shunday tarixiy shaharda o'tayotganidan xursandman.

Manba: senat.uz

Powered by GSpeech