Xalqaro onlayn-seminar bo'lib o'tdi

Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochoqlar ishlari bo'yicha agentligi bilan hamkorlikda Qochoqlar maqomi to'g'risidagi Konventsiya (1951 yil) bilan tanishtirish bo'yicha onlayn-seminar o'tkazildi.

Seminarning maqsadi tadbir ishtirokchilarini Qochoqlar maqomi to'g'risidagi Konventsiya (1951 yil), qochoqlarni himoya qilish bo'yicha xalqaro huquqiy standartlar va ratifikatsiyadan keyingi majburiyatlar hamda ratifikatsiya qilishning turli xil amaliyotlari bilan tanishtirishdan iborat.

Tadbir davomida ishtirokchilarga inson huquqlari va qochoqlarni himoya qilish bo'yicha mavjud tuzilma, 1951 yildagi Konventsiya va 1967 yildagi Bayonnomaning asosiy qoidalari, shuningdek 1951 yildagi Konventsiyani himoya qilish mexanizmlari va integratsiyalash haqida ma'lumot berildi.

Ishtirokchilar 1951 yildagi Qochoqlar maqomi to'g'risidagi Konventsiya, qochoqlarni himoya qilish bo'yicha xalqaro huquqiy standartlar va Konventsiyaga qo'shilgan davlatlarning majburiyatlari, unga qo'shilish amaliyotining turli ko'rinishlari, shuningdek inson huquqlarini himoya qilishda va qochoqlar manfaatlarida hukumatning roli bilan tanishdilar.

Anjumanni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov hamda BMT Qochoqlar ishlari bo'yicha agentligining Markaziy Osiyo bo'yicha vakili Xans Fridrix Shodder ochib berdi.

Akmal Saidov o'z nutqida qochoqlar muammosi o'ta jiddiy masala ekanligini, hamda bu muammo odamlarning asosiy huquqlaridan mahrum qilishi va ularning jamiyatda to'liq ishtirok etishiga va hissa qo'shishiga to'sqinlik qilishini ta'kidladi. Qochoqlik insonning ta'lim olishiga, sog'liqni saqlashga, rasmiy bandliligiga, mulk huquqlariga, harakat erkinligiga ta'sir qilishi mumkin.

Tadbirda Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, IIVning Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do'stlik aloqalari qo'mitasi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, O'zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo'shinlari, Davlat bojxona qo'mitasi, Milliy gvardiya va boshqa mas'ul davlat organi vakillari ishtirok etdilar.

Manba: parliament.gov.uz

Powered by GSpeech