So‘z erkinligi va mas’uliyati

So‘z erkinligi — demokratik jamiyatning asosiy ustunlaridan biri hisoblanadi. Shu ma’noda, bugun mamlakatimiz media makonida ham keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Buni so‘nggi to‘rt-besh yilda ommaviy axborot vositalari mazmun-mohiyatidagi yangiliklar, ayniqsa, nodavlat internet nashrlari va ijtimoiy tarmoqlar faoliyatidagi faollikda yaqqol kuzatish mumkin.

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan joriy yilning 10 noyabridan – 10 dekabriga qadar “Inson huquqlari oyligi” deb e’lon qilingani munosabati bilan joriy yilning 11 noyabr kuni O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida tashkil etilgan “So‘z erkinligi” mavzusidagi seminar-treningda shu haqda so‘z bordi.

Universitetning magistratura bosqichi talabalari, o‘qituvchilari  ishtirok etgan tadbirda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi faoliyati haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, mamlakatimizda inson huquqlarini, shu jumladan so‘z erkinligini ta’minlash yo‘lida amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarning mazmun-mohiyati, bu borada Milliy markaz tomonidan bajarilayotgan ishlar, so‘z va fikr erkinligi, ma’lumot olish sohalarida huquqni qo‘llash amaliyotini yanada takomillashtirish hamda inson huquqlari sohasida axborot-ma’rifiy faoliyatning sifati hamda manzilliligini yaxshilash to‘g‘risida fikrlar almashildi.

 

Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati

Powered by GSpeech