Kuni kecha Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tashabbusi bilan “Inson huquqlari sohasidagi ta’lim: xalqaro tajriba va milliy amaliyot” mavzusida tashkil etilgan xalqaro anjuman keng jamoatchilikda katta taassurot qoldirdi.
Anjuman dasturi doirasida oflayn va onlayn shakldagi muloqotlar, xorijiy tashkilotlar, oliy o‘quv yurtlari hamda yurtimiz olimlari, amaliyotchi mutaxassislar taqdim etgan mazmunli ma’ruzalar shu tadbirning ishtirokchilaridan biri sifatida menga nihoyatda manzur bo‘ldi.
Men ham yuqoridagi yo‘nalish bo‘yicha ilmiy ish olib boryapman. Milliy markazi tomonidan «Raqamli avlod. COVID-19 pandemiyasi davrida inson huquqlari bo‘yicha ta’lim» mavzusida yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan Respublika ko‘rik-tanlovida "Inson huquqlariga oid ta’limni shakllantirish va rivojlantirishda xalqaro universal tashkilotlarning ishtiroki" mavzusidagi maqolam bilan ishtirok etdim.
Tanlovning “Inson huquqlari va erkinliklariga bag‘ishlangan eng yaxshi maqola” nomli uchinchi nominatsiya bo‘yicha g‘olib bo‘lib, 1-o‘rinni oldim. Tanlov tashkilotchilariga taqdim etilgan diplom va esdalik sovg‘alari uchun minnatdorlik bildiraman.
Xalqaro konferensiyada inson huquqlari masalalari bo‘yicha yoshlar xabardorligini oshirish borasidagi yondashuvlarni mukammallashtirish, nson huquqlari va ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash sohasida pedagog kadrlar tayyorlash tizimi, inson huquqlari sohasidagi ta’lim bo‘yicha fuqarolik jamiyati institutlarining faolligini oshirish yuzasidan ko‘plab yangi hamda foydali fikrlar bildirildi. Ushbu mushohadalarga boy tavsiyalardan kelgusi ilmiy-pedagogik faolyatimizda albatta foydalanamiz.
Shahlo Safarova,
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti
“Huquq nazariyasi va davlat boshqaruvi” kafedrasi o‘qituvchisi
- Qo'shildi: 13.12.2021
- Ko'rishlar: 2943
- Chop etish