2021 yil 14 iyul` kuni O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o'rinbosari, Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining (Turkiy Kengash) Budapeshtdagi vakolatxonasi ijrochi direktori Yanosh Xovari bilan uchrashdi.
Turkiy Kengash BMT Ustavining maqsad va printsiplari, shuningdek boshqa umume'tirof etilgan printsiplar hamda xalqaro huquq normalari, shu jumladan, suveren tenglik, hududiy yaxlitlik va davlatlarning xalqaro e'tirof etilgan chegaralarining daxlsizligi, xalqaro tinchlik va xavfsizlikni qo'llab-quvvatlash hamda yaqin qo'shnichilik, qardosh va do'stona munosabatlarni rivojlantirish kabi printsiplar doirasida faoliyat yuritadi.
Uchrashuv davomida Turkiy Kengash bilan O'zbekiston Respublikasi Parlamenti o'rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Muloqot yakunida Turkiy Kengashning Budapeshtdagi vakolatxonasi ijrochi direktori Yanosh Xovari O'zbekiston tomonini 2021 yil 6 sentyabrda O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligiga bag'ishlab Budapesht shahrida o'tkaziladigan tadbirda ishtirok etish uchun taklif qildi. Ushbu tadbirda Turkiy Kengashga a'zo mamlakatlar vakillarining qatnashishi rejalashtirilgan.
Ma'lumot uchun: Turkiy Kengash 2009 yilda hukumatlararo tashkilot maqomida tuzilgan bo'lib, asosiy maqsadi turkiy tilli davlatlar o'rtasidagi har tomonlama hamkorlikka ko'maklashishdan iborat. O'zbekiston ushbu Kengashga 2019 yilning oktyabrida to'la huquqli a'zo sifatida qo'shilgan.
Inson huquqlari bo'yicha
O'zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
- Qo'shildi: 15.07.2021
- Ko'rishlar: 3755
- Chop etish