Yaqinda “Inson huquqlari kutubxonasi” turkumida chop etilgan kitob shunday nomlangan. Yangi nashr O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yilligiga va Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazining 25 yilligiga bag'ishlanadi.
Ushbu kitob Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan Fridrix Ebert nomidagi fond (Germaniya) bilan hamkorlikda “Niso Poligraf” nashriyotida chop etildi. Unga akademik Akmal Saidov mas'ul muharrirlik qilgan.
Kitobda Uchinchi Ma'rifiy Uyg'onish sari dadil odimlayotgan yangi O'zbekiston hayotining davlat va huquq, jamiyat va inson huquqlari, ma'naviyat va ma'rifat, tashqi siyosat va xalqaro hamkorlik sohalaridagi shiddatli yangilanishlar talqin etilgan. Pandemiyaga qarshi kurash bo'yicha milliy tajriba va xalqaro amaliyotga inson huquqlari ko'zgusidan nazar solingan.
Yangi nashr O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan jurnalist G'ulom Mirzo tomonidan 2018 yilda e'lon qilingan “Harakatlar strategiyasi – barqaror taraqqiyot sari” risolasining mantiqiy davomidir. Oldingi kitobda Harakatlar strategiyasining mazmun-mohiyati va ahamiyati tahliliga asosiy e'tibor qaratilgan bo'lsa, bu kitobda mazkur dasturilamal hujjatning keyingi besh yillik amaliy samaralari haqida so'z yuritilgan.
Inson huquqlari bo'yicha
O'zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
- Qo'shildi: 15.09.2021
- Ko'rishlar: 3771
- Chop etish