Vladimir SOKOLIN: Bunday nufuzli forum MDH hududida, balki dunyoda ilk bor o'tkazilayapti

Vladimir SOKOLIN, MDHning davlatlararo statistika qo'mitasi raisi:

— Adashmasam, bunday nufuzli forum MDH hududida, balki dunyoda ilk bor o'tkazilayapti. Barqaror rivojlanish maqsadlari masalasini biz odatda mutaxassislar, statistlar darajasida ko'rib, tahlil qilib chiqar edik. Vaholanki, siyosiy doiradagi muloqotlar juda muhim. Meni shu forumga taklif qilgani va sohamizda amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma'ruza qilishga imkon yaratib bergani uchun o'zbek parlamenti rahbariyatiga minnatdorlik bildiraman.

Barqaror rivojlanishning 17 ta maqsadi bor.Ularning har biri barcha davlat uchun juda muhim. Men anjumanda o'z kasbimdan kelib chiqqan holda, demografiya masalalariga ko'proq to'xtalaman. Bu Barqaror rivojlanish maqsadlarining muhim jihatlaridan sanaladi. Zero, BRM inson hayotini qanday qilib yaxshilashga qaratilgan. Qolaversa, 2023 yilda O'zbekistonda ilk bor mustaqil tarzda aholini ro'yxatdan o'tkazish kompaniyasi o'tkaziladi. Bu nafaqat statistikaning, balki davlatning siyosiy vazifasi sanaladi. Chunki unda ko'plab vazirlik va tashkilotlarning ishtiroki talab etiladi. Biz o'zbekistonlik hamkasblar bilan shu borada ham o'zaro tajriba almashamiz. Jumladan, Buxoro viloyat statistika boshqarmasida bo'lib, bu muhim jarayonga tayyorgarlik holati bilan tanishamiz.

Manba: senat.uz

Powered by GSpeech