Akmal Saidov YUNESKO Bosh direktorining o'rinbosari Stefaniya Jannini bilan uchrashdi

2021 yil 15 iyul` kuni O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o'rinbosari, Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov YUNESKO Bosh direktorining o'rinbosari Stefaniya Jannini bilan uchrashdi.

YUNESKO Bosh direktorining o'rinbosari Stefaniya Jannini  Prezident Shavkat Mirziyoevning O'zbekiston Respublikasida Inson huquqlari sohasidagi Jahon ta'lim dasturining to'rtinchi bosqichini amalga oshirish bo'yicha Milliy komissiyasini tashkil etish to'g'risidagi tashabbusini yuksak baholadi. Shu jihatdan, Inson huquqlari sohasidagi Milliy ta'lim dasturi ishlab chiqilayotgani juda muhim ekani ta'kidlandi.

Muloqot asnosida tomonlar inson huquqlari sohasidagi ta'lim yo'nalishidagi o'zaro hamkorlikning istiqbollarini ko'rib chiqdilar. Shuningdek, YUNESKO vakillarining bo'lajak ikkita muhim xalqaro tadbir – Inson huquqlari sohasidagi ta'lim bo'yicha global forum va Yoshlar huquqlari bo'yicha butunjahon konferentsiyasida ishtirok etishi bilan bog'liq masalalar muhokama qilindi.

Inson huquqlari bo'yicha
O'zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati

Powered by GSpeech