6 mart kuni Jizzax viloyati Baxmal tumanidagi 28-sonli o'rta umumta'lim maktabida "Men nechun sevaman O'zbekistonni?" mavzuida ma'naviy-ma'rifiy anjuman bo'lib o'tdi. Tadbir Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazining matbuot xizmati tomonidan O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Jizzax viloyati bo'limi, Jizzax viloyat Xalq ta'limi boshqarmasi va Baxmal tumani Xalq ta'limi bo'limi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Tadbirda O'zbekiston Qahramoni, Xalq shoiri Abdulla Oripovning hayot va ijod yo'li, Vatan, Xalq, Istiqlol mavzularidagi she'rlarining mazmun-mohiyati haqida so'z bordi. Davlat madhiyasining yaratilishi tarixi xususida fikr yuritildi.
Maktabning faol o'quvchilari Durdona Karimova va Shuhrat Musurmonov Abdulla Oripov asarlaridan namunalar o'qidi. 8 va 9-sinf o'quvchilari ijrosida shoir she'rlariga bastalangan qo'shiqlar yangradi.
Baxmal tumani Xalq ta'limi bo'limining Muassasalar faoliyatini tashkil etish sho''basi rahbari Sunnat Qarshiboev Jizzax viloyati hokimi tashabbusi bilan "Iqtidorli o'quvchilarning oltin fondi" ta'sis etilgani haqida to'xtaldi. "Oltin fond"ning kimyo fani bo'yicha viloyat bosqichida 1-o'rinni egallagan 28-sonli o'rta umumta'lim maktabi o'quvchisi Yunus Bo'riboevga g'oliblik nishoni tantanali ravishda topshirildi.
Tadbir doirasida akademik Akmal Saidov va shoir G'ulom Mirzoning "Sen bahorni sog'inmadingmi?" kitobining taqdimoti bo'lib o'tdi.
Anjuman O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 17 dekabrda qabul qilingan «O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o'ttiz yillik bayramiga tayyorgarlik ko'rish va uni yuqori saviyada o'tkazish to'g'risida»gi qaroriga muvofiq, “Yangi O'zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” mavzuidagi turkum axborot-ma'rifat tadbirlari doirasida o'tkazildi. Koronavirus pandemiyasi sharoitida ushbu tadbirni tashkil etishda sanitariya-epidemiologiya me'yorlari va qoidalari talablariga rioya qilindi.
Inson huquqlari bo'yicha
O'zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
- Qo'shildi: 09.03.2021
- Ko'rishlar: 4101
- Chop etish