Kuni kecha Ispaniyaning "DIARIO ARBAT" va "EL MUNDO FINANCIERO" elektron nashrlarida yangi O'zbekistonning xalqaro parlamentarizmni rivojlantirish jarayonlaridagi ishtirokiga bag'ishlangan maqola chop etildi. Ispan tilida e'lon qilingan ushbu maqola muallifi Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov hisoblanadi.
Shuningdek, Jenevada ingliz tilida chiqadigan «International Diplomat» jurnali BMTning Inson huquqlari bo'yicha kengashi 46-sessiyasida O'zbekiston tomonidan ilgari surilgan yangi tashabbuslarga atroflicha sharh berish asnosida A.Saidovning ayni mavzudagi maqolasiga murojaat qildi.
O'z navbatida, yaqinda Latviyaning “Freecity.lv” («Ochiq shahar») kundalik internet-jurnali ushbu muallifning O'zbekiston saylov qonunchiligidagi yangilanishlarga oid maqolasini nashr etdi.
Bu mavzular Osiyo mamlakatlari ommaviy axborot vositalarining ham e'tiborida ekanini qayd etish lozim. Xususan, Markaz direktorining O'zbekistondagi islohotlar samaralariga bag'ishlangan tahliliy maqolasi Pokistonda nashr etiladigan «Islamabad Post», «Centeline» va «Diplomatic New Agency» kabi bir qator ingliz tilli axborot resurslarining alohida diqqat markazida bo'ldi.
Shu mamlakatning «National Herald Tribune» va «Islamabad Post» gazetalarida A.Saidovning "Yangi O'zbekiston va saylov qonunchiligi" sarlavhali maqolasi ham chop etildi.
Inson huquqlari bo'yicha
O'zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
- Qo'shildi: 05.04.2021
- Ko'rishlar: 4256
- Chop etish