Yangi O'zbekistonning gender siyosati Janubiy Koreya matbuoti nigohida

Janubiy Koreyaning nufuzli nashrlaridan biri - «The Korea Post» veb-sahifasida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o'rinbosari, Inson huquqlari bo'yicha Milliy markazi direktori Akmal Saidovning “Yangi O'zbekistonning gender siyosati” sarlavhali maqolasi chop etildi.

Janubiy Koreyaning nufuzli nashrlaridan biri - «The Korea Post» veb-sahifasida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o'rinbosari, Inson huquqlari bo'yicha Milliy markazi direktori Akmal Saidovning “Yangi O'zbekistonning gender siyosati” sarlavhali maqolasi chop etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Unda O'zbekistonda gender tenglik masalasi davlat siyosatining ustuvor yo'nalishiga aylangani, Prezident Shavkat Mirziyoev rahbarligida mamlakatda ayollarning huquqlari, erkinliklari, qonuniy manfaatlarini kafolatlash ularning davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda ishtirokini kengaytirish borasidagi amalga oshirilayotgan islohotlar haqida so'z yuritiladi.

Maqolada yozilishicha, yaqinda 2030 yilgacha bo'lgan davrda BMT Global kun tartibining Barqaror rivojlanish maqsadlarini izchil amalga oshirish doirasida O'zbekistonning ayollar huquqlari va erkinliklarini ta'minlash bo'yicha tajribasi to'g'risidagi ma'lumotlar BMT Bosh assambleyasining 75-sessiyasining rasmiy hujjati sifatida tashkilotga a'zo davlatlarga taqdim etildi.

Shu munosabat bilan BMT va Parlamentlararo ittifoq ekspertlari ushbu sohada O'zbekistonda kuzatilayotgan tendentsiyalar, xususan, davlat va jamiyat ishlarida, parlament, hukumat va sud tizimida ayollar sonining ortayotganini yuqori baholadi.

Manba: yangi O'zbekiston

Powered by GSpeech