Yevropa parlamenti deputati T.Mariani bilan uchrashuv

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari Akmal Saidov 25 oktyabr kuni Yevropa parlamenti deputati Terri Mariani bilan uchrashdi.

A.Saidov mehmonlarni yurtimizga tashrifi bilan samimiy qutlab, Oliy Majlis quyi palatasi faoliyati, uning qo‘mitalari va fraksiyalari ish uslublari hamda parlamentarizm sohasidagi yangiliklar haqida to‘xtalib o‘tdi.

Suhbat chog‘ida delegatsiya a’zolariga O‘zbekistonda demokratik davlat qurish borasida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar, har tomonlama puxta o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosatning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida so‘zlab berildi.

T.Mariani O‘zbekistonda ro‘y berayotgan ijobiy o‘zgarishlarni, mamlakatda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijalarini ijobiy baholab, Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash, savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishda O‘zbekiston alohida o‘rin tutishini ta’kidladi.

Tomonlar O‘zbekiston bilan Yevropa parlamenti o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari yuzasidan ham fikr almashdi.

Uchrashuvda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham muhokama qilindi.

  Manba: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi rasmiy sayti.

Powered by GSpeech